"Roma" "Liverpul" futbolchisini ortga qaytarib yuboradi

Rimning "Roma" klubi safida ijarada harakat qilayotgan chap qanot himoyachisi Kostas Tsimikas "Liverpul"ga qaytadi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, rimliklar 29 yoshli gretsiyalikni ortga qaytarishga rozi bo'lishgan.
Tsimikas joriy mavsumda "bo'rilar" safida jami 16 ta o'yinda 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.