«Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushib qolgan «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone 50 million evro evaziga jamoani tark etmaydi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Avvalroq mankunianliklar Koneni maydon markazini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rayotgani va shu sababli «Atalanta» a'zosi Ederson bo'yicha muzokaralardan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Rim klubi jamoaning eng muhim futbolchilaridan birini sotishni istamayapti va takliflarni faqat 55 million evro va undan yuqori summadan boshlab muhokama qilishga tayyor.

Futbolchining mashhurligi va transfer bahosi JCh-2026 dagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng sezilarli darajada oshdi. U erda Kone Frantsiya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylanib ulgurdi.

Manba: Stadion.uz