«Roma» klubi markaziy yarim himoyachi Brian Kristante va himoyachi Janluka Manchini bilan shartnomalarni uzaytirganini rasman ma'lum qildi.

Yangi kelishuvlarga ko'ra:

  • Brian Kristante (31 yosh) — shartnomasi 2028 yilning yozigacha uzaytirildi. U 2018 yildan buyon jamoada to'p suradi (364 ta o'yin, 21 ta gol, 23 ta assist).

  • Janluka Manchini (30 yosh) — amaldagi shartnomasini yana uch mavsumga uzaytirdi. U klub safiga 2020 yilda kelib qo'shilgan (319 ta o'yin, 23 ta gol, 13 ta assist).

Ma'lumot uchun, «Roma» A Seriyaning o'tgan mavsumini 3-o'rinda yakunlagan.

Manba: Stadion.uz