«Roma» hujumchisini «Napoli» futbolchisiga almashtirishi mumkin

Rimning "Roma" klubi hujumchisi Artyom Dovbik faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, rimliklar ukrainalik forvardni neapolliklar hujumchisi Lorentso Lukkaga almashtirish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu borada qo'shimcha ma'lumotlar hozircha yo'q.
"Napoli" A Seriyaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Ular hozirda jadvalda 3-o'rinda bormoqda.