"Roma" hujumchisi Artyom Dovbik sonining orqa qismidan jarohat oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ukrainalik hujumchiga chap sonning to'g'ri mushak payi shikastlangani tashxisi qo'yilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, uning tiklanishi uchun taxminan 40 kun kerak bo'ladi.

Dovbik JCh-2026 saralashida Frantsiya va Islandiyaga qarshi o'yinlar uchun Ukraina terma jamoasiga chaqirilgan edi, ammo endi uning ishtiroki so'roq ostida. Katta ehtimol bilan u endi jamoada o'ynay olmaydi.

Joriy mavsumda forvard "Roma" safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.