«Roma» himoyachisi «Yuventus»ga o'tadi

Zeki Chelikning «Roma» bilan tuzgan mehnat shartnomasi shu yozda nihoyasiga etadi. Tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokaralar olib borishdi, biroq bir qarorga kela olishmadi.
Turkiyalik himoyachi yangi shartnomaga ko'ra mavsumiga 3,8 million evro maosh talab qilgan. Rim klubi esa futbolchiga 2,8 million evro taklif qilishga tayyor ekanligini bildirgan.
Endilikda Zeki Chelik «Yuventus» bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Agar himoyachi Turin klubi bilan kelishuvga erishsa, yozda jamoa safiga erkin agent sifatida (bepul) qo'shiladi.