«Marsel»ning 24 yoshli vingeri Meyson Grinvud faoliyatini «Roma»da davom ettirishi mumkin.

Repubblica nashriga ma'lum bo'lishicha, «Roma» «Marsel» klubiga 75 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Biroq rimliklar ayni damda Frantsiya klubiga faqatgina 20 million evro o'tkazib berishni, qolgan 55 million evrolik to'lovni esa ikki yoki uch yilga bo'lib to'lashni rejalashtiryapti.

Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, «Roma» Grinvudning o'zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Agar ushbu transfer amalga oshsa, futbolchi yiliga 5 million evro maosh oladi va bu miqdor bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Yakunlangan mavsumda Grinvud barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz