«Marsel»ning qanot hujumchisi Meyson Grinvud Italiyaning «Roma» klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «Roma» 24 yoshli futbolchining transferi bo'yicha «Marsel»ga taklif yuborishni rejalashtiryapti. Rimliklar Grinvudni 5 million evro evaziga ijaraga olib, keyinchalik 25 million evroga majburiy sotib olish shartini taklif qilmoqchi.

Italiya klubi, shuningdek, bonuslar sifatida yana 10 million evro to'lashga tayyorligi ta'kidlanmoqda, biroq «Marsel» kelishuvning umumiy summasi 55 million evro bo'lishini talab qilmoqda.

O'tgan mavsumda Grinvud barcha turnirlarni hisobga olgan holda 45 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 26 bor ishg'ol qildi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.