"Roma" "Legiya" himoyachisi Yan Zelkovski bilan shartnoma imzolaydi.

Klublar 20 yoshli himoyachining transferini 6,6 million evroga kelishib oldi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Bonus to'lovlari bo'lmaydi, lekin agar rimliklar o'yinchini sotib olganidan qimmatroqqa sotsa, ular foydaning 10 foizini polyaklarga berishadi.

Yaqin kunlarda tomonlar barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi.

O'tgan mavsumda Zelkovski Polsha chempionatida 19 ta o'yinda maydonga tushgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchining bo'yi 194 santimetrni tashkil etadi.