Rimning "Roma" klubi "Chelsi"dan qanot hujumchisi Alexandro Garnachoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Nikolo Skira xabariga ko'ra, "bo'rilar" "aristokratlar"ga 22 yoshli argentinalik futbolchi bo'yicha ilk rasmiy taklifini yuborgan.

Taklif: 5 million evroga 1 mavsumlik ijara, mavsum davomida ma'lum shartlar bajarilsa, kelasi yozda 35 million evroga to'liq sotib olish.

Transfermarkt hozirda Garnachoni 28 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2032 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz