"Roma" markaziy hujumchisi Artyom Dovbik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda futbolchining o'zi ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.

"Jarohatlar — o'yinning bir qismi. Hozir barcha e'tiborim tiklanishga qaratilgan. Men yanada kuchliroq bo'lib qaytaman. Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Yaqin orada ko'rishguncha", — deb yozdi hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Taxminlarga ko'ra, son sohasidagi operatsiya sababli 28 yoshli futbolchi taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi.

Joriy mavsumda ukrainalik hujumchi 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.