"Roma" Doniell Malenni o'z safiga qo'shib olishga yaqin

"Roma" "Aston Villa"dan Doniell Malen transferi ustida ishlamoqda.
Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, klublar allaqachon 26 yoshli hujumchini 25-30 mln evroga sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo'yicha printsipial kelishuvga erishgan. Futbolchining o'zi hali transferga rozilik bergani yo'q.
Niderlandiyalik futbolchi uchun "Atletiko" ham da'vogarlik qilmoqda, madridliklar "Atalanta"ga o'tishga yaqin turgan Jakomo Raspadori o'rnini to'ldirmoqchi.
Malen joriy mavsum APLda 21 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi.