"Roma" yarim himoyachisi Lorentso Pellegrini tez orada klubni tark etadi. 29 yoshli futbolchining ketishini rimliklar sport direktori Frederik Massara tasdiqladi.

«Pellegrini yo hozir, yo yanvarda ketishi aniq. Biz uning shartnomasini uzaytirmaymiz. Bizning vazifamiz uni bir yildan keyin erkin agent sifatida yo'qotib qo'ymaslik uchun echim topishdir», - deya Massaraning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Lorentso Pellegrini "Roma" safida 316 ta o'yinda maydonga tushib, 55 ta gol va 59 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt talqiniga ko'ra, futbolchining narxi 9 mln evroni tashkil etadi. "Bo'rilar" sardoriga APL klublari qiziqmoqda.