"Roma"dagi ilk mashg'ulotidayoq jarohat olgan Beyli qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi

Leon Beyli jarohati tufayli 4 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.
Avvalroq, vinger "Aston Villa"dan ijara asosida transfer qilinganidan keyin "Roma" bilan birinchi mashg'ulotda jarohat olgandi.
Rimliklar futbolchini 20 mln evroga sotib olish sharti bilan 3 mln evroga ijaraga oldi.
Yamaykalik futbolchi 4 haftaga safdan chiqdi, deya xabar bermoqda Sky Sport Italia. Unga sonning o'ng to'g'ri muskuli jarohati tashxisi qo'yildi.
Futbolchi kecha "Roma"ning A Seriya doirasidagi "Bolonya"ga (1:0) qarshi debyut o'yinini o'tkazib yubordi.