"Roma" bu futbolchiga 4 million evro maosh taklif etmoqchi

"Roma" bunga tayyor. Xabarlarga ko'ra, "Borussiya Dortmund" hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandt imzosi uchun rimliklar ham kurashni boshlagan. 29 yoshli futbolchi allaqachon Bundesliga giganti tarkibini tark etishi ma'lum bo'lgan.
U yangi jamoasida kamida 4 million evro maosh so'ramoqda. U Dortmundda yiliga 3,5 million evro maosh olar edi. Hozirga qadar Brandt jamoasiga jami 300 ta bahsda yordam berib, 7 yilda jami 56 gol va 69 ta assist qayd etdi.