"Roma" "Legiya" himoyachisi Yan Zelkovski bilan 2030 yilgacha shartnoma imzoladi.

Insayder Nikolo Skira ma'lumotiga ko'ra, 20 yoshli futbolchining (bo'yi - 194 sm) transfer summasi 6 mln evroni tashkil qilgan.

Shuningdek, Polsha klubi futbolchini qayta sotish mumkin bo'lgan summaning 10 foizini olish huquqiga ega bo'ldi.

O'tgan mavsumda Zelkovski Polsha chempionatida 19 ta o'yinda maydonga tushgan.