Rimning "Roma" klubi qishda hujum chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

La Gazzetta Dello Sport xabariga ko'ra, rimliklar "Atletiko"dan Jakomo Raspadorini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Bo'rilar" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini 25 yoshli italiyalikning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.

Raspadori yozda 22 million evro evaziga "Napoli"dan "Roma"ga o'tgan edi. U Madrid klubida 13 ta o'yinda 2 tadan gol va assist muallifi bo'ldi.