Italiyaning "Roma" klubi Evropa Ligasi liga bosqichi 2-turi doirasidagi o'yinni muvaffaqiyatsiz o'tkazdi, Jan Pero Gasperini jamoasi o'z maydonida Frantsiyaning "Lill" klubiga engildi - 0:1.

Shu tariqa, "Roma" 1988 yildan buyon ilk bor evrokuboklar doirasidagi mavsumning ilk uy uchrashuvidayoq mag'lubiyatga uchradi. O'shanda rimliklar Germaniyaning "Nyurnberg" klubiga qarshi o'yinda ojiz qolgandi - 1:2.

Evropa ligasi guruh bosqichining navbatdagi turida "Roma" o'z maydonida Chexiyaning "Viktoriya" jamoasini qabul qiladi.