Rojers JCh yarim finalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Morgan Rojers ijtimoiy tarmoqlar orqali Jahon chempionati-2026 yarim finalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyat haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Butunlay vayron bo'ldik. Jamoa shunchalik uzoqqa etib kelish uchun ko'p mehnat qildi, ammo hammasi katta og'riq bilan yakunlandi. Muxlislarimizga musobaqa davomida qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz hali qaytamiz. Men o'z orzumni amalga oshirib, mundialda Angliya sharafini himoya qildim», — deyiladi yarim himoyachining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Eslatib o'tamiz, Angliya Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tomas Tuxel shogirdlari uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsda Frantsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar