"Manchester Siti" yakshanba kuni "Brayton" mehmoni bo'lib, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Vaholanki, uzoq vaqtdan beri birinchi marta "shaharliklar"ning asosiy tarkibida yarim himoyachi Rodri maydonga tushgandi.

Shu kuni yana aql bovar qilmas seriya ham yakuniga etdi - Premer-liganing avvalgi 49 o'yinida Rodri asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Manchester Siti" yutqazmagan edi. Bu safar "shaharliklar" taslim bo'ldi.

"Manchester Siti" hisobida Premer-liga yangi mavsumida o'tkazilgan uchta o'yinidan keyin atigi uch ochko bor. Xosep Gvardiola jamoasi keyingi turda o'z maydonida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi. Derbi 14 sentyabrga belgilangan.