Rodrigoning otasi qo'yayotgan shartlar boshqa jamoalarga og'irlik qilmoqda

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo JCh-2026'ga maksimal tayyor bo'lish uchun ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi. Hozirda u "qaymoqranglilar" safida etarlicha o'ynamayapti va aynan shu sabab braziliyalik futbolchi qishda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Romain Molina xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining o'zi rahbariyat bilan uchrashuvlarda buni rad etgan.
Rodrigoning otasi boshqa qiziqish bildirgan jamoalardan juda yuqori shartlarni so'ragan, shu sababli ularning ko'pchiligi ehtimoliy transferdan bosh tortgan.
Transfermarkt braziliyalik vingerni 80 million evroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.