"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo har doim ham "Los Blankos"ning asosiy tarkibida o'ynamasa ham, jamoadan ketishga shoshilmayapti.

"Agar Braziliyada Madriddagidek maosh olsangiz, Braziliyaga ketarmidingiz?" deb so'radi jurnalist Rodrigodan.

"Pul muhim, men ahmoq emasman. Lekin men har doim "Real Madrid"da o'ynashni orzu qilganman. Maoshi qancha bo'lishidan qat'i nazar, men bu erga ko'chib o'tgan bo'lardim", dedi futbolchi.

La Liga giganti Rodrigo uchun "Santos"dan 45 million evro talab qilgan.