"Real" hujumchisi Rodrigo Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga (1:2) qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Hammamiz juda xafa bo'ldik. Bizga nimadir etishmadi. O'ylaymanki, birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik va hisobda oldinga chiqib oldik - 1:0. Ammo bu etarli emas edi. Hali ishlashimiz kerak bo'lgan ishlar bor. Bunday o'yinlarning natijasini mayda-chuyda tafsilotlar hal qilishini hammamiz yaxshi bilardik. Va aynan shunday bo'ldi," - deya Rodrigoning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.