Rodrigo "Real"dan qaerga ketmoqchi ekanini hal qildi

"Real" vingeri Rodrigo Madrid klubidan qaerga ketmoqchi ekanini aniqlab oldi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirmoqchi.
OAV ma'lumotiga ko'ra, APLda Rodrigoda birdaniga bir nechta variant bor. Gap "Manchester Siti", "Liverpul", "Arsenal" va "Chelsi" haqida ketyapti.
Qayd etilishicha, "Real" braziliyalik futbolchini sotishga tayyor. Avvalroq unga "PSJ" ham qiziqish bildirgandi.