Rodrigo faoliyatidagi eng yomon davrni o'tkazmoqda

Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo hozirda juda qiyin davrni o'tkazmoqda.
24 yoshli vinger "qirollik klubi"da muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Uning ustiga Rodrigoda sermahsullik darajasi ham keskin pasaygan. U klub va terma jamoa safidagi so'nggi 42 ta o'yinda bor-yo'g'i 3 ta gol urgan.
Qishda uning yangi jamoaga ko'chib o'tish ehtimoli yo'q emas. Rodrigo JCh-2026'ga yuqori sport formasida borish uchun ko'proq o'yin amaliyoti olmoqchi.