Rodrigo faoliyati davomida "Manchester Siti"ga boshqa har qanday jamoadan ko'ra ko'proq gol urgan

Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda yana gol urdi. Kecha bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi bahsida braziliyalik futbolchi 28-daqiqada Janluiji Donnarumma darvozasini ishg'ol etib, hisobni ochdi. Bu 24 yoshli futbolchining faoliyati davomida "shaharliklar" darvozasiga kiritgan beshinchi goli bo'ldi - bu boshqa har qanday raqibdan ko'proq. Hujumchining "sevimli" raqiblari ro'yxatida ikkinchi o'rinni "Sevilya" egallab turibdi - to'rtta gol.
E'tiborlisi, "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga qadar Rodrigo "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalarda ketma-ket 32ta o'yinda gol ura olmagan - bu hujumkor futbolchilar orasida klub antirekordidir.