Rodrigo Braziliya JChdan chiqib ketganidan so'ng Anchelotti haqida gapirdi

Madridning «Real» klubida to'p suruvchi braziliyalik vinger Rodrigo Braziliya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Anchelottining ishida doim hamma narsa puxta o'ylangan va u izchillikka tayanadi. U taktik jihatdan ham, kiyinish xonasini nazorat qilish va jamoani boshqarish borasida ham ajoyib futbol mutaxassisidir. Karlo nima qilayotganini doim yaxshi biladi», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi mundialdagi ishtirokini 1/8 finaldayoq yakunladi. Anchelotti shogirdlari Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Braziliya jamoasi 1990 yildan buyon ilk bor Jahon chempionatining chorak finaliga chiqa olmadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar