Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri JCh-2026 dagi g'alabadan so'ng o'zining sovrinlar kollektsiyasi bilan futbol tarixidan o'rin oldi.

Ispaniyaliklar Jahon chempionatining final uchrashuvida Argentinani mag'lub etishdi (1:0). Rodri turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi.

Ispaniyalik futbolchi Jahon chempionati, Evropa chempionati, Chempionlar ligasi (yoki Evropa chempionlari kubogi) va «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan tarixdagi 4-o'yinchiga aylandi.

Ilgari bu natijaga faqat germaniyalik Gerd Myuller va Frants Bekkenbauer hamda frantsiyalik Zinedin Zidan erishishgan edi.

Manba: Stadion.uz