Rodri JCh-2026 da raqib jarima maydoni yaqiniga eng ko'p uzatma bergan futbolchi bo'ldi

Rodri Ernandes Jahon chempionati-2026 da maydonning so'nggi uchdan bir qismiga (final uchinchisiga) berilgan uzatmalar soni bo'yicha peshqadamga aylandi. Bu haqda Squawka statistik portali hisob-kitoblari guvohlik bermoqda.
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi 173 ta uzatma bilan birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rinni uning jamoadoshi Pedri (165) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni argentinalik Entso Fernandes (153) yakunlab berdi.
Shuningdek, kuchli o'ntalikdan argentinalik Lionel Messi (146), frantsiyalik Maykl Olise (143), argentinalik Leandro Paredes (134), shveytsariyalik Granit Jaka (130), kanadalik Stiven Eushtakiu (114), ispaniyalik Mark Kukurelya (113) va norvegiyalik Martin Edegor (109) joy olishdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar