Rodri Ispaniya terma jamoasi murabbiyining Yamalga aytgan so'zlarini ochiqladi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes 19 yoshli vinger Lamin Yamalning milliy jamoa uchun qanchalik muhimligini baholadi.
«Murabbiyimiz Yamalga maydonda sovuqqonroq bo'lish kerakligini aytdi. Ba'zida u maydonda nimanidir isbotlashni haddan tashqari ko'p istaydi. U o'zini tiyishni o'rganishi kerak. Lamin jamoamiz uchun juda muhim. U o'ta aqlli o'yinchi. Unga o'z qobiliyatini namoyish etish uchun kerakli pallani kutish lozim», — deya yulduz futbolchining so'zlarini keltiradi Fox Sports.
Jahon chempionati-2026 yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Frantsiya termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv seshanba, 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar