Rodri jarohati tufayli "Byornli" bilan o'yinni o'tkazib yubordi.

"Man Siti" APL 6-turida "Byornli"ni tor-mor etdi (5:1).

Uchrashuvdan keyin "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning ma'lum qilishicha, ispaniyalik futbolchi tizzasidagi og'riq tufayli bugun maydonga tusha olmadi.

U 1 oktyabr kuni "Monako"ga qarshi EChL o'yinida ishtirok etishi yoki etmasligi hozircha noma'lum.