Rodjers «Aston Villa»ning Evropa ligasidagi tarixiy g'alabasi haqida gapirdi

«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers Evropa ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«So'z topish qiyin... «Aston Villa» bunga juda qattiq intilgan edi. Oldinda bor kuchimizni berishimiz kerak bo'lgan faqatgina bitta o'yin qolganini bilardik va biz buni uddaladik. Bu muxlislar va «Aston Villa» uchun buyuk lahza — biz tarixga kiramiz.
O'yindan oldin nimalarni his qildik? Hamma narsadan oz-ozdan. Har kim buni o'zicha boshdan kechiradi, lekin bu juda ruhlantiruvchi edi. Bizda bu erga kelish va kubokni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bor edi. Barcha oldimizda turgan vazifani yaxshi bilardi va biz uni bajardik», — deya Rodjersning so'zlaridan iqtibos keltiradi UEFA rasmiy sayti.
«Aston Villa» o'z tarixida ilk bor Evropa ligasida g'olib chiqdi. Bu ingliz klubi uchun 1982 yildan beri ilk yirik evrokubok finali edi. O'shanda jamoa Evropa chempionlar kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan edi.