"Strasburg" ustozi Liam Rosenor "Chelsi"ga tayinlanishi haqidagi mish-mishlarga ochiqchasiga izoh berdi. Avvalroq, u "aristokratlar" murabbiyligi uchun ustuvor nomzod ekani xabar qilingandi.

Rosenor bu ma'lumotni tasdiqladi. U tez orada London klubini boshqarishi kutilmoqda.

"Men dunyoning eng yirik klublaridan biri "Chelsi"ning yangi murabbiyiga aylanmoqchiman," - deya Rosenorning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Avvalroq, "Chelsi" bosh murabbiy Entso Mareskani iste'foga chiqargan edi. Jamoa APLda beshinchi o'rinda bormoqda.