O'n etti yoshli Robino Junior tez orada "Santos" klubini tark etib, Evropaning top klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Milanning "Inter" klubi umidli vingerga e'tibor qaratmoqda. UOL Esporte xabariga ko'ra, payshanba kuni Braziliya A seriyasida "Santos"ning "Korintians"ga qarshi bo'lajak o'yinida "neradzurrilar" skauti ishtirok etadi.

Italiya grandi vakillari allaqachon yosh futbolchining atrofidagilar bilan uchrashuv tayinlashdi. Robino Junior Braziliya terma jamoasining taniqli sobiq futbolchisi Robinoning o'g'li.