O'tmishda mashhur bo'lgan futbolchi Robino panjara ortida qolishda davom etadi. Braziliyaning Goal portali Braziliyaning CNN telekanaliga tayanib xabar berishicha, Braziliya Oliy sudi ko'pchilik ovoz bilan (10 ga qarshi 1) 41 yoshli Robinoning hukmni bekor qilish bo'yicha apellyatsiyasini rad etgan.

Robino avvalroq albaniyalik qizni guruh bo'lib zo'rlagani uchun to'qqiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Shov-shuvli voqea 2013 yilda Milandagi tungi klubda sodir bo'lgan edi. Shu bilan birga, braziliyalik har doim o'zining aybsizligini ta'kidlagan.

Futbolchilik faoliyati davomida Robino "Santos", "Real", "Manchester Siti" va boshqa jamoalarda o'ynagan.