Robertson "Liverpul" vitse-sardori etib tayinlandi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot himoyachi Endryu Robertson jamoa vitse-sardori etib tayinlanganini tasdiqladi. "Qizillar" asosiy sardori - Virjil van Deyk.
"Yangi vitse-kapitan - bu Robbo. U bu erda ko'p yillardan beri o'ynaydi, ikki marta Angliya chempioni bo'lgan. O'tgan mavsumda Virjil, Trent, Robbo va Muhammad Salah sardorlik qilgandi. Trend ketdi, shuning uchun bu qaror uchun ko'plab mantiqiy sabablar bor. Endryu - juda yaxshi o'yinchi, ko'p o'ynaydi, nima kerakligini biladi, klub va kiyinish xonasini biladi," - deya Slotning so'zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.