Roberto Martines Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etishini e'lon qildi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCh-2026 1/8 finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng o'z lavozimini tark etishini ma'lum qildi.
«Bu qaror jahon chempionatidan oldin qabul qilinganmidi? Yo'q, u yakuniy tasdiqlanmagan edi. Men Portugaliyaga jahon chempionligini qo'lga kiritish uchun kelgandim. Menimcha, g'alabaga erishmagan bo'lsak, ishni davom ettirishning ma'nosi yo'q.
Endi direktorlar kengashi va prezidentda yangi bosh murabbiyni tanlash imkoniyati bor. Prezident doim mening ishimni qo'llab-quvvatlab keldi, ammo mening shartnomam bugun yakunlanadi. Aytadigan boshqa gapim yo'q», — dedi Martines Record nashriga.
Roberto Martines Portugaliya terma jamoasini 2023 yil yanvar oyidan boshqarib kelayotgan edi.
Uning qo'l ostida Portugaliya 2025 yili UEFA Millatlar ligasi g'olibiga aylangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar