Shanba kuni Roberto Martinesning uyida o'g'irlik sodir bo'ldi.

A Bola xabariga ko'ra, o'g'rilar uyga bostirib kirib, qiymati bir million evrodan ortiq bo'lgan taqinchoqlar va soatlarni o'g'irlab ketishgan.

O'g'irlik paytida xonadonda xizmatchi bo'lgan. U erto'laga tushdi va buzg'unchilikni payqamadi. Keyinchalik u talon-taroj qilingan va yo'qolgan qimmatbaho narsalardan xabar topgan.

O'sha kuni Martinesning o'zi yo'q edi. Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi terma jamoani JCh-2026ga tayyorlashda davom etmoqda.