Roberto Badjo futbol ekspertlarini qattiq tanqid qildi

Italiyalik afsonaviy hujumchi Roberto Badjo futbol ekspertlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Maydondagi futbolchilarni baholash menga yoqmaydi, shuning uchun men telesharhlovchi bo'lib ishlamayman. Men to'g'ridan-to'g'ri efirda hatto uchta driblingni ham bajara olmagan hamkasblarning futbolchilarni tanqid qilayotganini ko'raman», - dedi 58 yoshli sobiq hujumchi.