Matbuotda «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining kelajagi borasidagi muhokamalar tinmayapti. Taniqli insayder Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, polshalik to'purar kataloniyaliklar safidan ketishga juda yaqin turibdi.

Levandovskining «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi yakunida nihoyasiga etadi. Avvalroq 37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot uchun, nufuzli Transfermarkt portali tajribali hujumchini ayni damda 7 million evroga baholamoqda.

Yakunlanayotgan 2025/2026 yilgi mavsumda Robert Levandovski «Barselona» libosida 44 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 18 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.