Kecha Superliga 24-turidan o'rin olgan o'yinda "Nasaf" safarda "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi - 2:2.

O'yindan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jamoa vingeri Oybek Bozorovning milliy jamoaning oktyabr oyidagi yig'iniga chaqirilmaganiga munosabat bildirdi.

«Bu murabbiylar qarori. «Bunyodkor»ga qarshi bugungi o'yinda ham u faol harakat qildi. Menimcha, u termaga munosib. Murabbiylar qarorini hurmat qilamiz. Termaga kim chaqirilishini ular hal qiladi», - dedi Berdiev.

Bozorov joriy mavsumda jami 24 ta o'yinda 4 ta gol urib, 10 ta golli uzatma bergan.

Manba: www.stadion.uz.