Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan Islom birdamligi o'yinlari rasmab yakuniga etdi. Kechki dasturda tantanali yopilish marosimi o'tkazilib, mezbonlar barcha ishtirokchi davlatlarga minnatdorlik izhor etdilar.

Shuningdek, marosimda Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi bayrog'i navbatdagi O'yinlarni o'tkazadigan Malayziyaga tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o'tamiz, Riyod-2025 O'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.

Manba: olympic.uz