Riyod-2025: Hamyurtlarimiz 18 noyabr kuni 13 ta medal jamg'arishdi

O'zbekiston delegatsiyasi VI Islom birdamligi o'yinlarida yana bir kunni muvaffaqiyatli o'tkazdi. Unda atletlarimiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
- Alisher G'aniev (yunon-rum kurashi, -60 kg)
- Ibrohim Mahkamov (engil atletika, uch hatlab sakrash)
- Amir Nagaev (engil atletika, balandlikka sakrash)
- Nodir Norboev (engil atletika, o'nkurash)
Kumush:
- Yorqinbek Odilov (para engil atletika, disk uloqtirish)
- Ilyas Molina (qilichbozlik, rapira)
- Sevara Rahimova (qilichbozlik, shpaga)
- Zahiriddin Shokirov (engil atletika, o'nkurash)
Bronza:
- Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi, -67 kg)
- Abdullo Aliev (yunon-rum kurashi, -77 kg)
- Radmir Semeneev (qilichbozlik, rapira)
- Shahzoda Egamberdieva (qilichbozlik, shpaga)
- Zarinaxon Nosirjonova (engil atletika, bosqon uloqtirish)