O'zbek og'ir atletikasining yulduzi Akbar Jo'raev Riyod-2025 VI Islom birdamligi o'yinlarining mutlaq chempioniga aylandi. Dast ko'tarish mashqida tengsiz bo'lgan polvonimiz siltab ko'tarishda 227 kg va ikki kurashda 420 kg bilan eng yuqori natijani qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Jo'raev Konyada tashkil etilgan bahslarda ham 3 ta oltin medalga sazovor bo'lgan edi.

Manba: Olympic.uz