"River Pleyt"ning yangi prezidenti rekord darajadagi ovoz yig'di

Argentinaning "River Pleyt" klubining yangi prezidentiga rekord darajadagi ovoz berildi.
25 000 dan ortiq odam "Estadio Monumental" stadionida 36 yoshli Stefano Di Karlo uchun ovoz berdi. U 61 foizdan ortiq ovoz to'plagan holda g'alaba qozondi.
U avvalgi etakchi Xorxe Britoning o'rnini egallaydi. Asosiy da'vogar Karlos Trillo 16 foizdan sal ko'proq ovoz oldi xolos.