"River Pleyt" Dua Lipaga futbolkasini sovg'a qildi(foto)

Mashhur xonanda va model Dua Lipaga Argentinaning "River Pleyt" klubi futbolkasi sovg'a qilindi. Ijrochining jamoa o'yin libosi bilan tushgan surati klub matbuot xizmati tomonidan X ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilindi.

9 noyabr, yakshanba kuni Dua Lipa Argentina chempionatining 15-turidan o'rin olgan "Boka Xuniors" - "River Pleyt" uchrashuviga tashrif buyurdi. Uchrashuv "River Pleyt"ning 0:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.
"River Pleyt" Argentina Klausurasining "B" guruhida oltinchi o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 15 o'yinda 21 ochko mavjud.