Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Rivaldo Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati yarim finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi. Chorak final bosqichida Luis de la Fuente shogirdlari Belgiyani 2:1 hisobida mag'lub etishdi.

«Ispaniyaliklarning haqqoniy g'alabasi. Bu jamoa har bir o'yin bilan o'z o'yinini kuchaytirib bormoqda. Yana bir bor hal qiluvchi rolni o'ynagan Merinoni alohida qayd etmoqchiman. U g'alaba golini urib, jamoasini yarim finalga olib chiqdi. Endi bizni Ispaniya va Frantsiya uchrashuvi kutmoqda. Bu eng yuqori darajadagi o'yin bo'ladi», — deyiladi sobiq futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Frantsiya – Ispaniya uchrashuvi seshanba kuni, 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz