Rivaldo: "Bu strategiya Vinisiusning yanada o'sishiga yordam beradi"

Mashhur sobiq futbolchi Rivaldo Vinisius Junior atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Real Madrid" forvardi kamroq o'ynay boshladi va "Los Blankos"ning asosiy tarkibidan tushib qolayotgan vaziyatlar ham bo'lyapti.
"Xabi Alonso - ajoyib murabbiy. U Vinisius kabi o'yinchi nimani o'ylashini juda yaxshi tushunadi. U biladiki, ba'zida o'zgarishlar qilish kerak, hattoki bu buyuk o'yinchilarga tegishli bo'lsa ham. Bu strategiya Vinisiusning yanada o'sishiga yordam beradi", - deydi Rivaldo.