Rio Ferdinand: «Argentina futbol o'ynash orqali qanday g'alaba qozonishni biladi»

«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand «uch sherlar»ning (Angliya terma jamoasi) Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi kechgan bahsdagi 1:2 hisobidagi mag'lubiyatini izohladi.
«Angliya terma jamoasi haqida gapirishni boshlashdan avval, Argentinaga munosib baho berishimiz kerakligini aytishim kerak. Argentina — juda kuchli jamoa. Ular safida sehrgardek Messi bor. Ular — futbol o'ynab, qanday qilib g'alaba qozonishni biladigan tajribali jamoa. Men ularga va ularning aqlbovar qilmas darajadagi muxlislariga katta hurmat bildirishim kerak. Ular o'yin davomida ajoyib harakat qilishdi», — dedi Ferdinand o'z podkastida.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Ispaniya bilan to'qnash keladi. Angliya esa uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsda Frantsiyaga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar