«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Rio Ferdinand APL mavsumi yakunlariga to'xtaldi.

«Premer-liga ajoyib o'tdi... Chempionlik poygasi deyarli oxirigacha davom etdi! «Arsenal»ni tabriklayman.

«Manchester Yunayted» APLda 15-o'rindan 3-o'ringa ko'tarildi. «Vest Xem»ning tushib ketgani xafa qildi. «MYu»ga katta o'zgarishlar kerak! «Bornmut», «Sanderlend» va «Brayton»ga qoyil qolaman. «Brentford»dan Kit Endryusga alohida rahmat – u bunchalik oson bo'lmaydi deb o'ylagandim.

Keyingi mavsumda bir narsani tuzatish kerak – VAR.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi – Brunu Fernandesh. Eng yaxshi murabbiy – Mikel Arteta. Mavsum kashfiyoti – «Sanderlend». Eng yaxshi transferlar – Jaka, Lammens, Semeno.

Jamoalarini tark etayotgan Gvardiola va Salohga «MYu» muxlisi nomidan rahmat! Lekin jiddiy aytadigan bo'lsam, ularning ikkalasi ham APL uchun juda ko'p ish qilishdi va ajoyib shaxslardir. Keyingi ishlarida omad!» – deb yozdi Ferdinand tvitterda.